Tadbirda boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Otabek Bozorov anjuman iştirokçilariga boşqarma tomonidan 2020 yil davomida amalga oşirilgan işlar haqida ma'lumot berdi.

2020 yilda viloyat adliya boşqarmasi hamda bölimlariga jami 4 271ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 2 647tasi inson huquqlarini himoya qilişga, 305tasi huquqiy xizmat körsatişni davlat tomonidan tartibga solişga, 692tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qöllaş amaliyotiga, 627tasi boşqa sohalarga oid murojaatlardir.

Mazkur murojaatlarning 3 167tasi (74 foizi) şaxsiy va sayyor qabullarda kelib tuşgan. Ötgan vaqt mobaynida murojaatlarning 3 865tasini (90 foizini) hal etişga erişilgan.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 285ta taqdimnoma, sudlarga 24,5 milliard sömdan ortiq mablağni undirib beriş böyiça 480ta da'vo arizasi, 45ta ma'muriy taklif kiritilgan.

Boşqarma va tuman, şahar bölimlari tomonidan joriy yilning ötgan davrida 287 marta örganişlar ötkazilgan. Örganişlar davomida 30 ming 571ta qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

Tahlillarga köra, soğliqni saqlaş, xalq ta'limi, yer kadastr, yöl quriliş, hokimliklar hamda davlat xaridlari tizimlarida eng köp qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilgan.

Mutaxassislar tomonidan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan turli taşkilotlarga 1295ta taqdimnoma kiritilgan. Ana şu taqdimnomalar asosida fuqarolarga 7 milliard 689 million söm miqdoridagi mablağ qaytarilgan.

Şuningdek, 76ta hujjat ijrosi töxtatilgan, 33ta hujjat ijrosi bekor qilingan, 14 nafar mansabdor, 489 nafar mas'ul şaxs xatti-harakatlari böyiça intizomiy javobgarlikka tortilgan, ularning 21 nafari vazifasidan ozod etilgan.

Ta'kidlanişiça, 2020 yil davomida şahar va tuman hokimlarining normativ tusga ega bölmagan 33ta, normativ tusdagi 13ta, jami 46ta noqonuniy qarori bekor qilingan.

Anjuman davomida iştirokçilar bugungi kunda aholini qiziqtirayotgan savollarni örtaga taşlaşdi. Xususan, Kun.uz muxbiri iste'molçilar va energiya yetkazib beruvçi korxonalar örtasida şartnoma tuzilayotgani, lekin yetkazib beruvçilar tomonidan mazkur şartnomaning ta'minotga oid bandi buzilayotgani haqida gapirib, bu holatga adliya boşqarmasi qanday huquqiy baho berişini söradi.