Jahon | 18:02 / 15.03.2017
4754
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Suriyada sulhga rioya etilishida rasman kafil davlat bo‘ldi

Rossiya prezidentining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev ma'lum qildiki, Eron Suriyada sulhga rioya etishda rasman kafil davlat bo‘ldi.

«Bugungi maslahatlashuvlarning eng asosiy natijasi Eron delegatsiyasining kafil davlat bo‘lish bo‘yicha hujjatlarni imzolaganidir», — degan Lavrentev matbuot anjumani vaqtida.

Bundan oldinroq Eron Ostonadagi muzokaralarda ishtirokini yakunlagani ma'lum bo‘lgandi.

14-15 mart kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan muzokaralar bir kunga uzaytirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid