Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunga itoatkor tadbirkor davlat himoyasida
“Irrigatsiya-Ko’kalamzorlashtirish Qurilish” MChJ rahbarining ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Qatortol filiali rahbariyati xatti-harakatidan norozi bo‘lib qilgan shikoyati Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Qatortol filiali 2016 yil 25 martdagi kredit shartnomasiga asosan “Irrigatsiya-Ko’kalamzorlashtirish Qurilish” MChJga 700 000 000 so‘m miqdorida kredit ajratib berganligi, kredit shartnomasining shartlariga asosan kreditning asosiy qarz summasi faqatgina naqd pul orqali qoplanishi kerakligi, aks holda bank jarima sifatida 10 % miqdorida daromadni undirib olishi belgilanganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bank boshqaruvchisi hamda kredit bo‘limi boshlig‘iga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning har biriga eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan bankka kiritilgan taqdimnomaga asosan, bankning ikki nafar mansabdor shaxsi intizomiy javobgarlikka tortilib, noqonuniy tartibda undirilgan 70 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i tadbirkorlik sub'yektining hisob-raqamiga qaytarildi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026