Jamiyat | 14:55 / 15.03.2017
9740
1 daqiqa o‘qiladi

OAV «Matritsa»ning davomi suratga olinishidan xabar topdi

Warner Brothers studiyasi «Matritsa» trilogiyasining davomini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter o‘z manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Hozircha studiya kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lgan ushbu franshizani «tiriltirish»ning ilk bosqichida turibdi. Stsenariy Zak Penn tomonidan yozilishi kutilmoqda.

Manbaning tasdiqlashicha, yangi filmda bosh rolni Maykl Bakari Jordan o‘ynashi mumkin. U dastlabki 3 film bosh qahramoni Kianu Rivzni almashtiradi.

Ayni vaqtda ilk «Matritsa»ni va ikki sikvelni suratga olgan rejissyorlar Lana va Lilli Vachovski loyihaga jalb etilmagan.

Studiya bu xabarlarga munosabat bildirmadi.

Bundan oldinroq Kianu Rivz «Matritsa»ning to‘rtinchi qismi suratga olinsa, unda ishtirok etishga tayyorligi aytilgandi.

Mavzuga oid