Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Turkiyaga S-400 tizimlarini yetkazishni muhokama qilishgan
O‘tgan haftada Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida o‘tgan muzokaralarda Anqaraga Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari S-400’ni yetkazish masalasi muhokama qilingan. Bu ma'lumotni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
"Tomonlar bu masalaga qiziqish bildirishmoqda va muzokaralar davom etadi", deb aytgan Peskov.
"Izvestiya" nashrining yozishicha, bu ma'lumotni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham tasdiqlagan. Hozircha Turkiya ushbu masalaning turli jihatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli davom etsa, bu Moskva va Anqara o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi birinchi shunday yirik shartnoma bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026