Tojikiston "Ts" harfini iste'moldan to‘liq chiqarish arafasida
Tojikistonlik olimlar kishilar ismi-sharifini yozishda "Ts" harfini iste'moldan olib tashlashni taklif qilishmoqda. Masalan, Rossiya va xorij siyosatchilari, olimlari va jamoat arboblarining ismi-shariflarida.
Tojikiston fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining tojik tili bo‘limi rahbari Sayfiddin Mirzoyev Asia Plus'ga xabar berishicha, tojik tilida avval "Ts" harfi bo‘lmagani sabab uni alifbodan olib tashlashgan.
Biroq endi olimlar kishilar ismi-sharifini yozishda bu harfni qo‘llamaslik tashabbusi bilan chiqishdi. Masalan, Mark Tsukerburg tojik tilida yozilganda Mark Sukerberg, Boris Yeltsin - Boris Yelsin, Klara Tsetkin - Klara Setkin, Zurab Tseretelli - Zurab Seretelli va h.k.
"Tojik tilida umumiy otlarda "Ts" harfi qo‘llanmayapti. Bu harf ba'zi hollarda "S", boshqa hollarda esa "TS"ga almashtirilgan. Masalan, sement-sement, sirk-sirk, konsert-konsert, konstituttsiya-konstitutsiya, dotsent-dosent", - dedi Mirzoyev.
U tojik tili orfografiyasi qoidalarining 13-punktida "Ts" harfi kishilik otlarida qo‘llanilishi yozilganini eslatib o‘tdi.
"Biz, Tojikiston fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti "Ts" harfini alifboga yoki qaytarish, yoki 13-punktdan izohni olib tashlashni taklif qilgandik. Axir, bu qoidaga to‘g‘ri kelmaydi", - deydi Sayfiddin Mirzoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tilshunos olimlardan iborat ishchi guruh bu masalani ko‘rib chiqib, kishilik nomlarida ham "Ts" harfini qo‘llashni to‘xtatish taklifini berishgan. Mazkur taklif tasdiq uchun parlamentga yo‘llanadi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024