Jahon | 20:21 / 16.03.2017
7754
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh ittifoqchilariga beminnat yordam ko‘rsatishni to‘xtatadi

Foto: © RIA Novosti

AQSh ittifoqchilarga qurollarni sotishni rejalashtirmoqda, ittifoqchilarga bepul yordam ko‘rsatish to‘xtatiladi. Bu haqda 2018 yil uchun tayyorlanayotgan byudjyetda belgilangan.

Vashington soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida bir qancha grantlar va zayomlar taqdim etishni to‘xtatadi. Davlat departamenti va AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xarajatlari uchdan biriga, ya'ni 25,6 milliard dollargacha qisqartiriladi. Qayd etilishicha, bu boshqa davlatlarga ko‘rsatiladigan yordamlarni kamaytirish hisobiga bo‘ladi.

Byudjyetning yakuniy loyihasi may oyida tayyor bo‘ladi. Bu loyiha qonunga aylanishi uchun Kongressning ikki palatasi tomonidan ma'qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid