Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi maktabda otishma, terrorchilik xavfi e'lon qilindi
Fransiyaning Gras shahridagi maktabda otishma ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda BFM TV.
Kamida bir necha kishi jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, otishma o‘quvchilardan biri tomonidan amalga oshirilgan. U ikkita to‘pponcha va ov miltig‘i bilan qurollangan bo‘lgan.
Fransiya hukumati terrorchilik xavfi haqida e'lon qildi, deb ma'lum qilmoqda The Local. Bu haqdagi axborot aholi mobil qurilmalariga yuborilgan. Xabarlarga ko‘ra, Grasdagi barcha maktablar yopib qo‘yilgan.
Shu bilan birga, hukumatning aniqlik kiritishicha, terrorchilik xavfi e'lon qilinganiga qaramay, maktabdagi otishma terakt emas.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bir o‘quvchi qo‘lga olingan, yana bir kishi voqea joyidan yashiringan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026