Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inha talabalari yo‘lovchilarni manzilga oson yetkazuvchi yangi loyihani ishga tushirdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Great Gate kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirdi. Unga ko‘ra, avtomobillarda birgalikda yo‘lga chiqish dasturi ishlab chiqildi.
Endilikda, smartfoningizga POPUTI.UZ ilovasini yuklab olib, naqdingiz va vaqtingizni tejagan holda O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin.
PoPuti.uz loyihasi raydshering xizmati sanaladi. Raydshering - yo‘lda birga ketuvchi hamrohni onlayn qidiruv xizmatlari yordamida izlab, shaxsiy avtomobildan birgalikda foydalanishdir.
Bu holatda avtomobil egasi va yo‘lovchi yoqilg‘i xarajatlarini teng bo‘lishib oladi.
Inha talabalari Innovatsiya va sanoat hamkorligi markazida bir necha oylar davomida veb-sayt hamda Android va iOS platformalari uchun ilovalar ishlab chiqishdi.
Xizmat orqali odamlar o‘zlariga osongina hamroh topishi mumkin. Maxsus chatda esa mashina egasi va yo‘lovchilar aniq vaqt va boshqa masalalarni kelishib oladi.
Mavzuga oid
11:27 / 10.11.2025
Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiq ortidan taksi narxlari oshdi
22:10 / 23.10.2025
BAA kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni taksichilikka chaqirmoqchi
19:23 / 07.08.2025
Taksi xizmatlari bozori 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi
20:24 / 29.07.2025