Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxfiy videolar oshkor etildi: AQShdagi yadro sinovlari
AQSh hukumati yadro qurolining sinoviga bag‘ishlangan 750ta filmdan maxfiylik maqomini oldi va YouTube’da 60dan ortiq videoni joylashtirishga imkon berdi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Loyiha AQShning Kaliforniya shtatidagi Livermor milliy laboratoriyasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. 1945 yildan 1962 yilga qadar tasvirga tushirilgan o‘n minglab materiallar tahlil qilindi, 55 yil davomida 200dan ortiq yadro sinovlariga oid kadrlar omborxonalarda saqlangan va asta-sekinlik bilan chirib borgan.
«Biz ushbu filmlar chirish arafasida turganini bilamiz, shuning uchun ular hali ishlatishga yaroqli ekanidan foydalanib qolmoqchi bo‘ldik», - deya ma'lum qildi fizik, Livermor milliy laboratoriyasi mutaxassisi Greg Spriggs.
AQSh sovuq urushda ustunlikka erishish uchun 1000dan ortiq yadro qurolini portlatgan. Mutaxassislar ma'lumotlar yadro portlashlari oqibatlaridan yaxshiroq xabardor bo‘lish imkonini berishiga umid qilmoqda.
Shuningdek Spriggsning ma'lum qilishicha, yadro loyihalari haqidagi ma'lumotlarning oshkor etilishi bo‘lajak avlod uchun dars bo‘lib xizmat qiladi.
«Umid qilamizki, boshqa hech qachon yadro qurolidan foydalanmaymiz. O‘ylashimcha, agarda u qanchalik vayronagarchilik olib kelishini ko‘rsatsak, ehtimol, kishilar uni foydalanishdan voz kechadilar», - deya xulosa qildi Spriggs.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026