Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson KXDR fuqarolarini AQShdan qo‘rqmaslikka chaqirdi
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildiki, KXDR va uning xalqi Qo‘shma shtatlardan hamda mintaqadagi boshqa qo‘shni mamlakatlardan qo‘rqmasligi kerak. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.
U bu haqda Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisida bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan.
«Shimoliy Koreya va uning xalqi AQShdan va boshqa qo‘shni mamlakatlardan qo‘rqmasligi kerak», — degan Tillerson.
O‘z navbatida Kisida AQSh Davlat kotibining Yaponiyaga kelishi Yaponiya va Amerika munosabatlari darajasidan guvohlik berishi haqida gapirgan.
Tillerson «AQSh Yaponiya va boshqa ittifoqchilarini himoya qilish tamoyilidan og‘ishmasligi»ni qo‘shimcha qilgan.
Bundan oldinroq, Davlat kotibining matbuot kotibi Mark Toner Qo‘shma shtatlar Shimoliy Koreya bilan Koreya yarim orolini yadrodan xoli qilish masalasida muloqot boshlash uchun ochiq ekanini, buning uchun rasmiy Pxenyan zarur qadamni tashlashi lozimligi haqida bayonot bergandi.
Tillerson 17 mart kuni Seulga, 18 mart kuni esa Pekinga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026