Yaponiya razvedka uchun mo‘ljallangan navbatdagi sun'iy yo‘ldoshni uchirdi
Yaponiya 17 mart kuni razvedka uchun mo‘ljallangan navbatdagi sun'iy yo‘ldoshi IGS Radar-5’ni uchirdi. Uni koinotga olib chiqqan H-2A/F33 raketa-tashuvchining Kagosima prefekturasida joylashgan "Tanegasima" kosmodromidan parvozi internetda onlayn rejimda translyatsiya qilindi.
Yaponiyaning JAXA aerokoinot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi tomondan yaratilgan. Kompaniya yaratgan avvalgi sun'iy yo‘ldosh Radar-4 2013 yil yanvarda uchirilgandi.
Yaponiya razvedka sun'iy yo‘ldoshlarini yaratish uchun yiliga 60 mlrd iyen (500 mln dollar) sarflaydi. Yaponiya buni asosan Shimoliy Koreyani kuzatish uchun amalga oshiradi. Hozirda orbitada Yaponiyaga tegishli ikkita optik razvedka sun'iy yo‘ldoshi "Kogaku-3" va "Kogaku-4" hamda ikkita radar sun'iy yo‘ldosh mavjud. Optik sun'iy yo‘ldoshlar Yerni, jumladan harbiy obektlarni tasvirga olishga, radar sun'iy yo‘ldoshlar esa Yer sirtini tungi payt yoki ob-havo bulutli bo‘lgan sharoitlarda kuzatishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
15:24 / 30.10.2024
Yaponiyadagi qishloqda keksalar yolg‘izlikni yengish uchun ko‘chalarga qo‘g‘irchoqlar o‘rnatyapti
11:10 / 28.10.2024
Yaponiya hukmron partiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotdi
12:00 / 24.10.2024
Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka chaqirdi
20:08 / 19.10.2024