Jahon | 19:12 / 17.03.2017
4362
2 daqiqa o‘qiladi

Brexit’dan keyin Britaniya muhojirlik siyosatida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Foto: AFP

Buyuk Britaniya Brexit’dan so‘ng chegaralardagi nazoratni kuchaytiradi, biroq muhojirlar uchun qiyinchilik keltirib chiqarmaslikka harakat qiladi – ular mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shmoqda, deb ma'lum qildi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey.

"Biz muhojirlarni qabul qilishdan xursand bo‘lamiz, biroq chegaralardagi nazoratga katta e'tibor qaratamiz. Biz milliy manfaatlarga xizmat qiluvchi va nazorat qilinuvchi muhojirlik tizimini yaratishga intilamiz", - deya aytib o‘tdi Mey konservativ partiya faollari bilan Kardiffdagi uchrashuvda chiqish qilib 

Meyning so‘zlariga ko‘ra, YeI va Buyuk Britaniya fuqarolari huquqlariga rioya etilgan holda muhojirlik ustidan nazorat qilish mart oyi oxirida boshlanayotgan Brexit jarayoni doirasida asosiy masalalardan biriga aylanadi. Mamlakatning YeIdan chiqishi haqidagi muzokaralarda fuqarolarni chegara bo‘ylab erkin harakatlanishi va YeIdan Britaniyaga hamda Britaniyadan YeIga mehnat muhojirlarini kiritish mexanizmlari yaratish borasida kelishuvlarga erishish lozim, deya ta'kidlab o‘tdi u.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, tomonlar muzokaralarda "yangi konstruktiv va ijobiy sheriklikni" yaratishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid