Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kichik GES ishga tushirildi
Farg‘ona shahri hududidan oqib o‘tuvchi Marg‘ilonsoyda kichik GES qurilib, ishga tushirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» gazetasi saytida xabar berilgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, mazkur innovatsion loyiha Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan ro‘yobga chiqarildi.
Sinov jarayonida 6 ta ko‘cha yoritish chirog‘i shahar elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yilib, qurilma yordamida yoritildi. Soatiga 3 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan mazkur generator quvvat uzluksizligini ta'minlashi amalda tasdiqlandi.
«Uning yordamida 50 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Uskunaning gidroturbinalari metalldan yasalgan. Uning maxsus cho‘michlari kinetik energiyani — mexanik energiyaga aylantirib beradi. Sodda ishlangan va tannarxi arzon charxpalak energiyani tejashda hamda barqaror ta'minotda juda qo‘l keladi», — deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026