Chiptalarni xarid qiling: Eng chiroyli avtobuslar olamiga sayohat
Dunyoda shunday avtobuslar borki, ularni ko‘rib, oylik yo‘l chiptasini xarid qilgingiz kelib qoladi. Quyida e'tiboringizga eng ajoyib dizayndagi avtobuslarni taqdim etamiz.
GM Futurliner
Ushbu avtobus General Motors tomonidan 1936 yilda 12 dona ishlab chiqilgan bo‘lib, undan “Parade of Progress” ko‘chma ko‘rgazmasini o‘tkazishda foydalanilgan. Hozirgi kunda bu modeldagi avtobuslardan 9 dona qolgan.
Viberti Monotral Golden Dolphin
“Oltin delfin” avtobusi 1956 yilda Jyenevadagi avtoshouda namoyish qilingan. U 400 ot kuchiga evaziga 200 km/soat tezlikka chiqa olgan.
Citroen U55 Cityrama Currus
Ushbu avtobusdan 50-yillarda Fransiyadagi VIP-ekskursiyalarda foydalanilgan. Bunday avtobuslardan kamida 3 dona ishlab chiqilgan.
Alfa Romeo 500 Varesina
Ikkinchi jahon urushi arafasida va urush vaqtida Alfa Romeo 3 tonnalik yuk mashinalarini ishlab chiqargan va bular kuzovchilar tomonidan avtobusga aylantirilgan. Bu ishning eng yaxshi namunalaridan biri – Alfa Romeo 500 Varesina hisoblanadi.
Mercedes-Benz Lo 3100 Stromlinien-Omnibus
Bunday avtobuslar 1934-1935 yillarda Germaniyada ishlab chiqarilgan. Uni erkin sotuvda topish juda muammoli.
AEC Routemaster
Buyuk Britaniya poytaxtiga yarim asr davomida (1956-2005) xizmat qilgan AEC Routemaster London ramzi hisoblanadi. Ikki qavatli bo‘lgan Routemaster dunyodagi eng mashhur avtobuslardan biri sanaladi.
Bedford VAL14 Plaxton Panorama C52F
VAL14 Plaxton Panorama 1965-1968 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. Avtobus konditsioner mavjudligi bilan ajralib turgan va u shaharlararo reyslarda 80-yillarning o‘rtalariga qadar ishlagan.
ZiS-127
SSSRdagi ilk shaharlararo harakatlanadigan ZiS-127 avtobusini e'tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. U samolyotdagi kabi o‘rindiqlar, pol ostidagi keng yukxona – bularning barchasi 50-yillar odami uchun yangilik bo‘lgan. Avtobus 851 dona tirajda chiqarilgan.
LAZ Ukraina-1
Xorijiy ko‘rgazmalar va “Benzakolonka Malikasi” filmi orqali tanilgan Lvov avtozavodining mashhur avtobusi. Yagona nusxada chiqarilgan ushbu avtobus o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgan 160 ot kuchiga ega bo‘lgan Zil-130 dvigateli bilan jihozlangan va 60-yillar turistik avtobusi uchun kerak bo‘ladigan barcha qulayliklarga ega edi.
Neoplan Jumbocruiser
Neoplan Jumbocruiser – balandligi 4 metr va uzunligi 18 metr, 100dan ortiq o‘rindiqlarga ega ikki qavatli avtobus. 1973-1993 yillar orasida ishlab chiqarilgan avtobus o‘zining hajmi va tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turgan. Unga Mercedes motori o‘rnatilgan.
Kässbohrer Setra Super Golden Eagle
1958 yilda Setra kompaniyasi Amerika bozori egallash uchun bunday avtobuslardan atigi 4 dona chiqargan. Hozirgi kunga qadar ushbu avtobuslarni 2 donasi yetib kelgan, ulardan biri restavratsiya qilinmoqda.
Ikarus 55 Lux
Vengriyaning Ikarus kompaniyasi tarixidagi eng mashhur avtobuslardan biri. Uning ko‘rinishi hamda shovqinli dvigateli sababli haydovchilar uni “Raketa” deb nomlashgan.
Peacemaker
1949 yildagi General American Aerocoach shassisi hamda 1955 yildagi GMC Scenicruiser kuzovini birlashtirib, ishlab chiqaruvchilar 3 qavatli ajoyib g‘ildirakli uyni yaratishgan. Bu avtobus 2 dona ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024