Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chusovitina yana tengsiz: Jahon kubogida oltin medal qo‘lga kiritildi
O‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining tayanib sakrash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 14.333 ballga ega bo‘ldi.
Kumush medal 14.067 ballga ega bo‘lgan avstraliyalik gimnastikachi Emili Littlga nasib etgan bo‘lsa, bronza medalini sloveniyalik sportchi Teyye Belak (13.750 ball) qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, Boku shahridagi gimnastika Milliy arenasida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha finalining ilk kuni bugun start oldi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kuboklari finali 19 mart kuni yakuniga yetadi. Bokudagi bellashuvlarda 23 davlatdan bo‘lgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
18:11 / 22.03.2026
Bokuda XV asrga oid “Buxoro karvonsaroyi” restavratsiyadan so‘ng ochildi
13:41 / 17.03.2026
Bokuda fransiyalik shaxs josuslik aybi bilan 10 yilga hukm qilindi
10:34 / 13.03.2026
Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga chiqdi
19:49 / 06.03.2026