Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov va Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifini muhokama qilishdi
2017 yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekison-Rossiya kun tartibining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida tashrif yakunlariga ko‘ra imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shma ishlarga alohida e'tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasida ham fikr almashdilar.
Mavzuga oid
16:56
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026