Fan-texnika | 14:45 / 18.03.2017
81524
2 daqiqa o‘qiladi

Kun shov-shuvi: VAZ 2101 yangi ko‘rinishda Rossiya yo‘llariga qaytmoqda

Bir vaqtlar “kopeyka” nomi bilan mashhur bo‘lgan va sobiq ittifoqda eng ko‘p sotilgan mashinalar qatoridan joy olgan VAZ 2101 modeli yangi ko‘rinishda avtomobil bozoriga qaytmoqda. Albatta, mashina sovet davridagi turdoshiga umuman o‘xshamaydi, aksincha u ko‘proq Amerikaning qimmat sportkarlarini qaysidir ma'noda takrorlaydi. 

Dizaynerlar Amerika sportkarlaridan ilhom olishgan ko‘rinadi. Yangi 2101 tashqi jihatidan Ford Mustang va Chevrolet Camaro sportkarlarining ajoyib uyg‘unlashuvi deyish mumkin. 

Uning texnik tavsiflari borasida ham ko‘p narsa ma'lum emas. Mashinaga 2.0 litrli kuchaytirilgan, 200 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladi. Ishlab chiqaruvchilar yoqilg‘i sarfi 100 kmga 6 litr bo‘lishini va'da qilishmoqda.  

Mashina 2017 yil oxiridan savdoga chiqishi kutilayapti. Uning qancha turishi ham e'lon qilingani yo‘q. 

VAZ 2101 sedani 1970 yil aprelidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning turli namunalari hisobga olinganda jami 4,85 mln dona ishlab chiqilgan. 

Mavzuga oid