Rossiyalik kaskadyor Gennadiy Koçerga öğli Sergey bilan Gollivudning "Transformerlar" filmidagi "Optimus Praym" nomli transformerni "Lada" avtomobili negizidagi variantini yaratdi. Rus transformeri Oryoldagi tryuklar şousida taqdim qilindi.
Koçerga özi yaratgan robot-avtomobilga "Optimus Gennadeviç Praymov" deb hazilomuz nom berdi. Transformer yurib ketayotganda avtomobildan robot körinişga bir neça soniyalarda aylana oladi. Maşina hattoki ikkita pulemyot bilan ham jihozlangan.
Kaskadyorning aytişiça, u transformerni yaratişda Singapurda sotib olgan öyinçoq avtomobildan ilhom olgan. Aynan şundan keyin kaskadyor uşbu loyihani amalga oşira boşlagan. Koçerga xuddi şu ğoya asosida kamida yana ikkita transformer yaratmoqçi.











