Jahon | 13:48 / 18.03.2017
5659
1 daqiqa o‘qiladi

Parij aeroportida noma'lum shaxs harbiylarga hujum qildi

Fransiya poytaxti Parij shahridagi Orli aeroportida noma'lum shaxs harbiy patrulga hujum qildi, deb xabar bermoqda BFM TV telekanali.
 
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak obektni qo‘riqlayotgan askarlardan qurollarini tortib olmoqchi bo‘lgan.

Telekanal manbalariga ko‘ra, harbiylar o‘t ochishgan, erkak o‘ldirildi.

Ayni damda hujum qilgan shaxsning sheriklari bo‘lgani yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Voqea joyida politsiyaning maxsus topshiriqli guruhi ishlamoqda.

Mavzuga oid