Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar Facebook qarorgohiga yashirincha kirib, uni videoga tushirishdi
YouTube servisidagi Trikkstar kanali blogerlari Facebook’ning Buyuk Britaniyadagi ofisiga kirib olganliklari haqida hikoya qiluvchi rolikni taqdim etdilar. O‘smirlar panjaradan oshib tushib, orqa eshik orqali kirib olishgan. Daily Mail nashri videoga e'tibor qaratdi.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘smirlar oddiy xodimlar orasida o‘zlarini bemalol tutib yurishgan. Aftidan, boshqalar ularni hamkasblari, deb o‘ylashgan.
Blogerlar xodimlarning yig‘ilishlariga guvoh bo‘lib, shaxsiy doskalardagi yozuvlarini o‘qishdi hamda bilyard ham o‘ynab ko‘rishgan. Shuningdek ular ofisning yopiq xonalariga bosh suqib ko‘rishdi va umumiy muzlatgichdagi bir qator mahsulotlarni tanovvul qilishgan. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ofisda o‘smirlar yurgan paytda ijtimoiy tarmoq xodimlariga tegishli kompyuterlar ham bor bo‘lgan bo‘lib, ularda kelajakdagi ishlanmalar haqida maxfiy ma'lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, rolik yakunida o‘smirlarni qo‘riqchilar ta'qib qila boshladi. Ular pastga tushib, binoni orqa eshikdan xotirjamlik bilan tark etishdi.
Facebook bu rolikka hozircha hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026