Sport | 19:12 / 18.03.2017
8864
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston» sport majmuasi: Uzbek Tigers jamoasi jangini boshladi

«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi XXRning China Dragons’ga qarshi jangini boshladi. Bokschilar har biri 3 daqiqadan besh raund kurash olib boradi. 

Ringga birinchi bo‘lib 52 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempioni Abrorjon Qodirov Chang Yong’ga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishmoqda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid