Sport | 15:18 / 19.03.2017
13891
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» yozda katta mablag‘ sarflab yarim himoyachi oladi

«Barselona» yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun katta mablag‘ ajratadi.

Andres Inestaning ko‘p jarohat olayotgani, shuningdek Serji Buskets va Ivan Rakitich o‘yinida kuzatilayotgan pasayish jamoaning joriy mavsumdagi natijalariga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar jamoasi Filippe Koutino («Liverpul») va Marko Verrattini («PSJ») ko‘z ostiga olgan.

Shuningdek, klub rahbariyati «Bavariya» xavbeki Tiago Alkantarani ortga qaytarishni mo‘ljallagan. Jamoa ushbu futbolchilardan kamida birini tarkibga qo‘shib olishni niyat qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid