Jahon | 21:18 / 19.03.2017
6563
2 daqiqa o‘qiladi

JAR BMT Xavfsizlik kengashidan Eronga zenit raketalari sotishga ruxsat so‘radi

Janubiy Afrika Respublikasi BMT Xavfsizlik kengashidan Eronga Umkhonto zenit raketalarini sotishga ruxsat berishni so‘radi, deb xabar bermoqda Eronning Tasnim axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, agar bunday ruxsat berilsa, unda bu JARning  Denel Dynamics kompaniyasining eng yirik bitimi bo‘ladi. Shartnoma qiymati 118 mln dollarga baholanmoqda. 2016 yilning dekabrida Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon va JAR mudofaa vaziri Nosivive Mapisa-Nkakula harbiy sohada hamfikrlik memorandumini imzolashgandi.

O‘tgan yil yanvarda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv amalga oshirilishi boshlangandan keyin Erondan xalqaro sanksiyalar olingandi. Biroq Eronga nisbatan harbiy-texnik hamkorlik sohasida bir qator cheklovlar saqlanib qolmoqda. Eronga hujumkor qurol turlarini, jumladan, harbiy samolyotlar, zarba beruvchi vertolyotlar, harbiy-dengiz kemalari, artilleriya qurilmalari, tank va raketalarni yetkazib berish uchun BMT Xavfsizlik kengashi ruxsati talab etiladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid