Light | 19:11 / 20.03.2017
32599
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi yashash uchun eng yomon bo‘lgan shahar ma'lum

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri dunyodagi yashash uchun eng yomon shahar deb olindi. Bu haqda Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi hisobotida aytiladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.

Bag‘doddan keyin Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti – Bangi hamda Yaman poytaxti – Sano shaharlari joylashgan.

To‘rtinchi pog‘ona Haiti poytaxti Port-o-Prensega, beshinchi o‘rin esa Sudanning Xartumiga nasib etdi. Shuningdek top-10’dan Njamena (Chad Respublikasi), Damashq (Suriya), Brazzavil (Kongo Respublikasi), Kinshasa (Kongo Demokratik Respublikasi) va Konakri (Gvineya) joy oldi. 

Mercer hayot darajasi bo‘yicha shaharlar reytingini 19-marotaba e'lon qildi. Aholi punktlari 39 omil bo‘yicha baholanadi, ularning ichida – siyosiy barqarorlik, jinoyatchilik darajasi, shaxsiy erkinlikni cheklash, senzura, ta'lim, transport bilan bog‘liq vaziyat hamda ekologik holat bor.

2016 yilda Mercer talqiniga ko‘ra Yevropadagi eng yomon shahar deb Minsk tan olingandi. Belarus poytaxti joriy reytingda ham bu “nomni” o‘zida saqlab qoldi.

Mavzuga oid