Jahon | 07:45 / 20.03.2017
7584
1 daqiqa o‘qiladi

Ganada 20 nafar o‘quvchi daraxtlar bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi

Gananing markaziy qismida daryoda cho‘milish vaqtida katta sinflarning kamida 20 nafar o‘quvchisi ularni daraxtlar bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldilar. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.    

Voqea sayyohlar orasida ommalashgan Kintampo sharsharasida yuz bergan. Milliy o‘t o‘chirish xizmati vakilining ma'lum qilishicha, o‘smirlar cho‘milayotganda dovul boshlangan va kuchli shamol daraxtlarni qo‘porib yuborgan.

"Ular daryoda cho‘milishayotganda dovul boshlangan va kuchli shamol bir nechta daraxtlarni qo‘porib yuborgan. Daraxtlar o‘smirlardan bir nechasining ustiga tushgan", deb aytdi manba.

Halok bo‘lgan o‘quvchilardan 18 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana 2 nafari shifoxonada jon bergan. Yana 11 kishi, jumladan 10 nafar o‘smir va ularga hamrohlik qilgan maktab ma'muriyati vakili shifoxonada qolmoqdalar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid