Kamida 55 nafar Gana fuqarosi Ukrainadagi jang harakatlari davomida halok bölgan, deb bildirdi 27 fevral, juma kuni Ğarbiy Afrikadagi uşbu mamlakat taşqi işlar vaziri Samuel Okudzeto Ablakva. U Rossiya tomonidan afrikaliklarni noqonuniy yollaş sxemalariga qarşi kuraşişga va’da berdi.
Bu hafta Ablakva Kiyevga taşrif buyurib, ukrain harbiylari tomonidan asirga olingan Gananing ikki nafar fuqarosi taqdirini muhokama qildi. Taşrif davomida Ukraina hokimiyati öz razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya tomonidan jang harakatlariga jalb qilingan afrikaliklar statistikasini taqdim etdi. “Ular Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun odam savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy tarmoqlar tomonidan aldanib jalb qilingan 36 mamlakatdan 1780 nafar afrikalikni hujjatlaştirgan”, — dedi vazir Facebook’da.
Uning sözlariga köra, ayniqsa Gana fuqarolari bilan boğliq vaziyat taşvişli. 2022 yildan beri frontga, hisob-kitoblarga köra, mamlakatning 272 nafar fuqarosi tuşib qolgan. Mavjud baholarga köra, ularning 55 nafari halok bölgan, ikki nafari esa harbiy asir sifatida uşlab turilibdi.
“Mas’ul hukumat sifatida biz bu oğriqli statistikaga köz yuma olmaymiz. Bu faqat raqamlar emas — ular insonlar hayotini, köplab ganalik oilalar va davlatimizning umidini ifodalaydi. Şu sabab hukumat yoşlarimizni himoya qiliş uçun xabardorlikni oşiriş va kuçaytirilgan tuşuntiriş işlarini olib borişga qat’iy bel boğlagan”, — dedi Gana taşqi işlar vaziri.
U şunday qöşimça qildi: Gana prezidenti Jon Dramani Maxama ma’muriyati noqonuniy yollaş sxemalarini kuzatiş va ularni bartaraf etişga tayyor. “Bu — bizning uruş emas va biz yoşlarimizni boşqalar uçun tirik qalqonga aylantirişga yöl qöya olmaymiz”, — deya ta’kidladi Ablakva.
Ukrainalik hamkasbi Andrey Sibixa bilan 25 fevral kuni Kiyevda ötgan qöşma matbuot anjumanida u Gana fuqarolarini yollaş “darknet”dagi sxemalar orqali amalga oşirilayotganini aytdi. Şuning uçun hukumat uruşga jalb qilingan fuqarolarning aniq sonini töliq tasdiqlay olmasligini bildirdi.














