Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keksa yaponlarga mashina haydashdan voz kechishlari uchun antiqa taklif bildirildi
Foto:AFP/GETTY IMAGES
Yaponiyada keksa odamlarga haydovchilik guvohnomasidan voz kechish o‘rniga dafn xizmatlariga chegirma olish taklif qilinmoqda. Bu haqda "Bi-bi-si" telekompaniyasi xabar bermoqda.
Yaponiya hukumati shu tariqa pensiya yoshidagilarni avtomobillar haydashdan qaytarishga harakat qilmoqda.
Aychi shahridagi dafn bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan biri haydovchilik guvohnomalaridan voz kechish o‘rniga o‘z xizmatlari uchun 15 foizlik chegirma taklif qilmoqda. Ushbu taklifdan foydalanmoqchi bo‘lganlar haydovchilik guvohnomalarini politsiya bo‘limiga topshirganlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Ushbu chegirma pensionerning oila a'zolariga ham tatbiq qilinishi mumkin.
Bu chora Yaponiyada keksa yoshdagi haydovchilar ishtirokida avtofalokatlar ko‘payib ketgani bilan shartlangan. Yaponiyada oxirgi o‘n yil ichida 75 yoshdan katta haydovchilar soni 2 marotaba ko‘paygan, 2015 yilda esa ular soni 4,8 mln kishini tashkil qilgan. Joriy yilda ular ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan avariyalar miqdori oshgani qayd qilingan.
Yaponiyaning ko‘plab viloyatlarida pensionerlarning mashina haydashdan voz kechishlari taksiga chegirmalar yoki umumiy hammomlarga borishga imtiyozlar berish yordamida rag‘batlantiriladi.
Britaniyalik olimlar o‘tkazgan taqiqotlarga ko‘ra, keksa yoshdagi haydovchilar yoshlardan ko‘ra 3-4 marta kamroq avariyaga uchraydilar.
Mavzuga oid
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada 200 ta ish o‘rni ochildi
18:09 / 23.03.2026