Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov va Kisida Rossiya-Yaponiya hamkorligini muhokama qilmoqda
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yaponiyalik hamkasbi Fumio Kisida bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Vazirlar Janubiy Kuril orollarida birgalikda faoliyat yuritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashadi.
Bundan avval, ushbu uchrashuvga tayyorgarlik doirasida Tokioda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari muzokaralar o‘tkazgan edi. Unda Rossiya va Yaponiya hukumatlari baliqchilik, turizm va sog‘liqni saqlash sohasida aniq rejalarni taklif etgandi.
Lavrov va Kisida muzokaralari Rossiya va Yaponiyaning "2+2" shaklidagi mudofa hamda tashqi ishlar vazirlarining maslahatlashuvlari arafasida Tokioda bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026
Rossiyada real daromadlar o‘sishi keskin sekinlashdi
08:52 / 12.05.2026
The Economist: Ukraina urushda tashabbusni Rossiyadan tortib oldi
22:53 / 11.05.2026