Jahon | 08:00 / 20.03.2017
12672
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur fizik olim koinotga uchmoqchi

Mashhur fizik olim Stiven Xoking Virgin Galactic kompaniyasi kemasida koinotga uchmoqchi. Bu haqda olimning o‘zi ITV telekanalida chiqadigan Good Morning Britain dasturi efirida ma'lum qildi.

Xoking bu haqda dastur boshlovchisi bilan baxt nima ekanligini muhokama qilayotganda aytib o‘tdi. "Men sizga meni nima baxtiyor qilishini aytishim mumkin – bu koinotga sayohatdir. Hech kim meni u yerga olmaydi deb o‘ylardim, biroq Richard Brenson (Virgin Group egasi) menga Virgin Galactic kemasidan joy taklif qildi va men darhol "ha" deb javob berdim", dedi olim.

Xoking zamonamizning eng mashhur nazariyotchi fiziklaridan biri hisoblanadi. 1963 yilda olimga uni falajlikka olib kelgan yon amiotrofik sklerozi tashxisi qo‘yilgan. Xoking so‘zlash qobiliyatini yo‘qotgan va o‘z fikrlarini bildirish uchun nutq sintezatoridan foydalanadi. Joriy yilning 8 yanvarida Xoking 75 yoshini qarshilagan.

Mavzuga oid