Jahon | 15:06 / 21.03.2017
4883
2 daqiqa o‘qiladi

IAEA rahbari KXDR yadroviy salohiyatining shiddat bilan o‘sayotganidan xavotirda

International Atomic Energy Agency (IAEA - atom enegriyasidan tinch maqsadlarda foydalanishdagi hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilot) rahbari Yukiya Amano so‘nggi yillarda KXDR o‘z yadroviy salohiyatini tezkor sur'atlarda oshirayotganini ma'lum qildi. Wall Street Journal'da shu haqida maqola taqdim etildi. 

Amanoning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bunga ikki yo‘l bilan erishmoqda - plutoniy ishlab chiqarish va uranni boyitish. KXDR so‘nggi vaqtlarda uranni boyitishga sarflanuvchi mablag‘ni ikki barobarga oshirdi. 

"Biz optimist bo‘la olmaymiz. Vaziyat juda yomon. Optimist bo‘lishimizga sabab yo‘q", - deydi Amano KXDR yadroviy dasturiga munosabat bildirar ekan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, IAEA rahbari KXDRdagi atom bombalarining soni borasida hech qanday taxmin bildirmagan. 

Uning fikricha, yaqin orada Pxenyan bilan siyosiy kelishuvga erishish amri mahol. 

Manbada ta'kidlanishicha, diplomat Eron va Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturlarini taqqoslab bo‘lmasligi, vaziyatlar o‘rtasidagi farq katta ekanini ta'kidlab o‘tgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid