Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:49 / 22.03.2017
11906
1 daqiqa o‘qiladi
KXDRning raketa uchirishda omadsizlikka duch kelgani tasdiqlandi
AQSh va Janubiy Koreyaning tasdiqlashicha, KXDR uchirgan raketa bir necha soniyadan keyin portlab ketgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi, Shimoliy Koreyaning, bizning fikrimizcha, omadsiz bo‘lgan raketa uchirishini qayd etdi», — degan Amerika qo‘mondonligi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa uchirilganidan so‘ng, bir necha soniyadan keyin portlab ketgan.
Avvalroq, Shimoliy koreya Vonsan shahri hududida raketa sinovini o‘tkazgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish