Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 9 politsiyachi «insayderlik hujumi» qurboni bo‘ldi
Afg‘oniston shimolida amalga oshirilgan hujum oqibatida huquq tartibot organlari xodimlaridan 9 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatdi.
Politsiya matbuot kotibi Mahfuzulla Akbariyga tayanib ma'lum qilishicha, Qunduz–Aliobod shossesida huquq-tartibot xodimi to‘qqiz nafar hamkasbini otib o‘ldirdi hamda postdan qurol va o‘q-dorilarni olib, voqea joyidan yashirindi.
«9 nafar politsiyachi Qunduz viloyatidagi hujum qurboniga aylandi», deyilgan xabarda.
Taxminlarga ko‘ra, qotillikni amalga oshirgan politsiyachi hukumatga qarshi guruhlardan biriga aloqador bo‘lgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026