Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Podolski Germaniya termasi bilan xayrlashdi
23 mart kuniga o‘tar kechasi JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan Germaniya va Angliya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bellashuv Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Germaniyalik hujumchi Lukas Podolski uchun terma jamoadagi so‘nggisi bo‘lib tarixga kirdi. Bosh murabbiy Ioxim Lyov terma jamoada 2004 yildan buyon 130ta o‘yin o‘tkazgan futbolchining terma bilan xayrlashuv uchrashuvi yuqori saviyada bo‘lishi kerakligini ta'kidlagandi.
31 yoshli Podolski Germaniya termasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. O‘yindagi yagona gol ham aynan Lukas tomonidan kiritildi va futbolchi yuqori nuqtada, muxlislar olqishlari ostida terma jamoa bilan xayrlashdi.
Klub faoliyatida «Bergxaym», «Kyoln», «Bavariya», «Arsenal», «Inter» kabi jamoalarda to‘p surgan hujumchi ayni vaqtda «Galatasaroy» a'zosi hisoblanadi. Mavsum yakunlangach u Yaponiya chempionatiga yo‘l oladi.
Terma jamoa uchun urgan gollari sonini 49taga yetkazgan ushbu futbolchi Germaniya bilan ikki marta jahon chempionati bronza medali sovrindori bo‘lgan, 2014 yilgi JCh chempioni bo‘lgan.
















Mavzuga oid
15:10
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
10:30
Germaniyada Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirishi ssenariyci modellashtirildi
16:09 / 05.02.2026
Germaniya maxsus xizmati: RFning harbiy xarajatlari e’lon qilinganidan 66 foizga yuqori
12:26 / 05.02.2026