Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya politsiyasi Parij yaqinidagi masjidlardan birini yopib qo‘ydi
Fransiya politsiyasi Parij yaqinida joylashgan Klishi-la-Garenndagi masjidlardan birini yopib qo‘ydi, deb xabar bermoqda BFM TV telekanali.
23 mart erta tongda masjidga politsiyachilar va sud nozirlari kelib, masjiddan odamlarni haydab chiqarishgan. Masjidga kelganlardan bir qismi politsiya harakatlariga norozilik sifatida masjidga qaytib kirishga uringan, biroq befoyda bo‘lgan.
Politsiyachilar masjidni uning rahbariyati bilan kelishmovchilik sababli mahalliy rahbariyat qarori bilan muhrlab qo‘yishgan.
Masjidga keluvchilar bo‘layotgan voqeani videoga olib, uni internetda joylashtirishgan.
Dindorlar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida 3 nafar politsiyachi yengil jarohatlar olgan, bir kishi politsiyaga qarshilik ko‘rsatish aybi bilan hibsga olingan.
Fransiyaning islamofobiyaga qarshi ittifoqida politsiyaning bu xatti-harakatlari qoralanib, ular Fransiya qonun-qoidalariga zid ekanligi aytilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 02.07.2026
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026