O‘zbekiston | 20:56 / 23.03.2017
24560
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab bitiruvchilariga imtiyozli shahodatnomalar yangi qoidalar bo‘yicha beriladi

O‘zbekiston hukumati umumiy o‘rta ta'lim haqidagi yangi nizomni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Ushbu hujjat bilan maktabni bitirayotgan a'lochi o‘quvchilarga imtiyozli shahodatnomalar berish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda o‘qishni a'lo baholarga bitirganlik haqidagi attestat 8-9-sinflarda a'lo baholarga o‘qigan, namunali xulqqa ega bo‘lgan hamda yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan maktab bitiruvchilariga beriladi. 

Avval imtiyozli shahodatnomalar 5-sinfdan 9-sinfgacha a'lo baholarga o‘qigan o‘quvchilarga topshirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid