Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada opa-singillar Ferrari sotib olish chog‘ida qo‘lga olindi
Huquq-tartibot idorasi xodimlari Moskva jamg‘arma bankining ikki nafar xodimini firibgarlikda gumon qilib hibsga olishdi, deb xabar beradi "Kommersant" gazetasi. Bank menejyeri lavozimida ishlab kelayotgan opa-singil Maryam va Tamila Dadashevalarni Moskva avtosalonida Ferrari sotib olish chog‘ida qo‘lga olishgan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ustamon qizlar yuridik shaxs sifatida bankda faoliyat ko‘rsatib mijozlar hisobidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. O‘z lavozimidan foydalangan Dadashevalar boshqa bir xususiy firma hisobiga katta miqdorda (40 million rubl) pul o‘tkazib, keyin uni naqd pulga aylantirishgan.
“Bu tergov ishi bizning bank xavfsizlik xizmatimiz ko‘magida o‘tkazilmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlariga tergov ishiga aloqador barcha zaruriy hujjat va ma'lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Jinoyatchilar jazolanishi tarafdorimiz”, - deya ma'lum qilishgan bank mutasaddilari. Qallob Dadashevalarga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi katta miqdordagi firibgarlik deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
20:43 / 26.05.2026
Ferrari birinchi elektromobilini taqdim etdi
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026