O‘zbekiston | 11:12 / 23.03.2017
11560
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ostonada «Vatan himoyachilari» monumentiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Ostona shahrida «Vatan himoyachilari» monumentiga gul qo‘ydi.

Ushbu monument Prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 2001 yil Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.

Davlat rahbari tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yodgorlik majmuasi bilan tanishdi.

«Tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi. Bu yerda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ekkan daraxt baravj o‘smoqda», — deyiladi O‘zA xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid