Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga transformator nimstansiyalarini yuboradi
Rossiyaning SVEL kompaniyasi O‘zbekistondagi gaz-kondensat konlariga beshta transformator nimstansiyasini jo‘natadi.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, u nimstansiyalarni jo‘natishga tayyorlanmoqda. Mahsulot xaridori "Lukoyl Uzbekistan" kompaniyasi.
Nimstansiyalar "Gumbuloq" gaz-kondensat konini, yanayam aniqrog‘i, neftni nasos vositasida olib quyuvchi mahalliy zavodni energiya bilan ta'minlaydi.
Bu SVEL guruhining "Lukoyl Uzbekistan" bilan ilk hamkorligi emas. Hozirda Qashqadaryo viloyatining "Odamtosh" va "Jarquduq" nimstansiyalarini ham SVEL qurilmalar bilan ta'minlagan.
Ma'lumot uchun, "SVEL guruhi" Rossiyadagi elektrotexnika qurilmalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, transformatorlar, reaktorlar, transformator nimstansiyalari ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026