Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada navbatdan tashqari parlament saylovlari boshlandi
Bolgariyada 44-Xalq kengashining yangi a'zolarini saylash bo‘yicha navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Tonggi soat 7:00dan mamlakatdagi 12 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochildi. Yana 371ta ovoz berish uchastkalari dunyoning 70 davlatida ochiladi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Saylovlarda 11ta partiya va 9ta koalitsiya qatnashmoqda. Bundan tashqari, 9 nafar mustaqil nomzod ham saylovchilar ishonchi uchun kurashmoqda.
7 milliondan ortiq kishi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish jarayonlarini 4 ming nafardan ortiq kuzatuvchi nazorat qilmoqda. Saylovning ilk norasmiy natijalari 20:00da ovoz berish uchastkalari yopilganidan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
2016 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Rumen Radev g‘alaba qozongan edi.
Mavzuga oid
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025