Defo va Vardi Angliyaga natija keltirdi
2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichining F guruhi bahslarida Angliya terma jamoasi Londonda Litva termasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida 2013 yilning noyabr oyidan beri terma safida ilk bora to‘p surayotgan Jyermeyn Defo hisobni ochdi. Jyeymi Vardi tomonidan 66-daqiqada kiritilgan gol esa inglizlarga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Angliya termasi JCh-2018 saralash bahslarida o‘z darvozasidan birorta to‘p o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.
F guruhidagi holat: 1. Angliya — 13 ochko (5 ta o‘yin); 2. Sloveniya — 8 (4); 3. Slovakiya — 6 (4); 4. Litva — 5 (5); 5. Shotlandiya — 4 (4); 6. Malta — 0 (4).
Mavzuga oid
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
20:22 / 26.11.2023
O‘ziga 100 mln, murabbiyiga 50 mln. Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi
15:34 / 22.11.2023