Jahon | 19:55 / 27.03.2017
13184
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Moskvaga yetib keldi

27 mart kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy samolyoti Moskvadagi "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qo‘ndi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri. 

Ruhoniy Moskvaga tashrifining birinchi kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. Uchrashuvda ikki tomonlama, jumladan energetika sohasidagi hamkorlik rivojlanishining joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Avvalroq ma'lum qilingandek, Medvedev Eron prezidenti bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Tehron o‘rtasida savdo tartibini shakllantirishni muhokama qiladi.   

Ruhoniy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar davomida birgalikdagi energetik loyihalarga e'tibor qaratish rejalashtirilmoqda. Ular o‘rtasidagi uchrashuv 28 martga belgilangan. Muzokaralar natijalariga ko‘ra bir qator hujjatlar imzolanadi. Muzokaralar davomida ikki davlat yetakchisi Rossiya-Eron hamkorligining barcha masalalarini ko‘rib chiqishmoqchi.    

Mavzuga oid