Eronning Fars agentligi xabar berişiça, mazkur qaror internetdan foydalanişni qayta tiklaşni qöllab-quvvatlagan maxsus işçi guruh yiğilişidan keyin qabul qilingan. Ayni paytda çeklovlar qaçon töliq bekor qilinişi böyiça aniq sana aytilmagan.

Avvalroq, may oyi örtasida Eron OAV internet çeklovlari 5 iyundan boşlab bekor qilinişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib ötamiz, Eron hukumati 28 fevral kuni AQŞ va Isroil bilan uruş boşlanganidan söng global internetga kirişni çeklagandi. Şundan keyin mamlakatning qariyb 90 million aholisi faqat davlat tomonidan tasdiqlangan saytlarga kiriş imkonini beruvçi “milliy internet”dan foydalanib kelayotgan edi.

Ma’lumotlarga köra, internet çeklovlari ayniqsa onlayn savdo bilan şuğullanuvçi aholiga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazgan. Taxminan 1 millionga yaqin fuqaroning daromadi keskin kamaygan.

Eron rasmiylari internet çeklovlarini milliy xavfsizlik bilan izohlagan bölsa, kuzatuvçilar bu çoralar uruş oqibatlarining haqiqiy kölamini yaşiriş maqsadida joriy etilgan bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda.