Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko va Tramp uchrashuvi qachon bo‘lib o‘tadi?
Ukraina va AQSh prezidentlari Pyotr Poroshenko hamda Donald Trampning uchrashuv sanasi haligacha noma'lum. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Konstantin Yeliseyev ma'lum qildi.
"Oliy darajadagi uchrashuv har ikki tomon kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bir qarorga kelishi bilan bo‘lib o‘tadi", - deya aytib o‘tdi Yeliseyev mahalliy "Segodnya" nashriga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev “bu tezroq ro‘y berishini xohlamoqda”.
Prezident ma'muriyati vakilining tan olishicha, Poroshenko hamda Trampning uchrashuvi fevral oxirlarida bo‘lib o‘tishi kutilgandi, biroq bunga, uning so‘zlariga ko‘ra, “yangi ma'muriyatdagi (AQSh) ba'zi bir murakkab jarayonlar” xalaqit bergan. “Afsuski, o‘sha paytda Amerika ma'muriyatidagi muhim pozitsiyalar hali egallab turilgandi, Davlat departamenti, Milliy xavfsizlik kengashida. Shuning uchun aniq sana yo‘qligiga ma'lum bir obektiv sabablar bor”, - deya ta'kidlab o‘tdi Yeliseyev.
Mavzuga oid
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
08:22
Zelenskiy ogohlantirgan hujum amalga oshdi
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:37 / 01.07.2026