O‘zbekiston | 15:24 / 27.03.2017
5707
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Kaliningradga parvozlarni ko‘paytiradi

2017 yil 29 martdan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Rossiyaning Kaliningrad shahriga muntazam parvozlarning ikkinchi chastotasini joriy etmoqda.

Aviakompaniya matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Kaliningradga reyslar chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Samolyotlar Toshkentdan 11:05da parvoz qilib, Kaliningradda 13:40da qo‘nadi. Kaliningraddan esa parvoz 15:00da amalga oshirilib, Toshkentda 23:15da qo‘nadi.

Har bir punktdagi reyslar parvozi mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid