Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro quroli butunlay taqiqlanadimi?
Yadro qurolini global taqiqlash bo‘yicha muzokaralar bunday qurolga ega davlatlarning ishtirokisiz mumkin emas, deb ma'lum qildi Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisida.
"Ular (muzokaralar) nafaqat yadro qurolisiz dunyoni yaratishga yordam bermaydi, balki yadro davlatlari hamda yadro quroliga ega bo‘lmaganlar o‘rtasida mojarolar yanada chuqurroq avj olishiga turtki berishi mumkin", - deya Kisidaning so‘zlarini keltiradi Kiodo agentligi.
Vazirning ta'kidlashicha, Yaponiya atom bombardimoniga uchragan yagona qurbon-davlat sifatida yadro qurolidan voz kechish bo‘yicha harakatlarni davom ettiradi.
BMTda yadro qurolini butunlay taqiqlash haqidagi konvensiyani ishlab chiqishga oid anjuman 27 mart kuni ochildi. AQSh doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilishicha, deyarli 40ta davlat, ular orasida Rossiya va Xitoy ham bor, muzokaralarda ishtirok etmaydi.
Ma'lumot uchun, ayni damda yadro quroliga sakkizta mamlakat ega - Rossiya, AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya, shuningdek Hindiston, Pokiston hamda Shimoliy Koreya.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:45 / 09.06.2026