Jahon | 08:42 / 28.03.2017
3238
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Turkiya muzokaralarining asosiy mavzulari ma'lum

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Anqaradagi muzokaralarda Suriyada sulh o‘rnatish mavzusini muhokama qiladi. Ayni masalani Turkiya RF bilan Ostonada muhokama qilmoqda, degan davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimi. 

"Biz Turkiya tomoni bilan, ular Ostona muzokaralarida Rossiya bilan muhokama qilayotgan  sulh jarayonini qanday qilib hayotga tatbiq etishlarini muhokama qilmoqchimiz", — degan Amerika mulozimi telefon orqali o‘tkazilgan brifingda. Brifing Tillersonning shu hafta so‘nggida tashkil etiladigan tashrifiga bag‘ishlangan.

"Bu uning Yevropa bo‘ylab ikkinchi sayohatidagi birinchi to‘xtashi bo‘ladi. U Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashadi", — deb qo‘shimcha qilgan u. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid