Endilikda bankda hisobvaraq ochish uchun ta'sis hujjatlari talab etilmaydi
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatdan ulgurji savdo korxonalari – yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi banklarda (ularning filiallarida) ochishi kerakligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.
Endilikda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar (shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar), yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari hisobvaraqlar ochish uchun bankka davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek ta'sis hujjatlarining nusxalarini (notarial tasdiqlangan nusxalarini) taqdim etishi shart emas. Banklar ushbu ma'lumotlarni «Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi»dan oladi.
Shuningdek belgilanishicha, hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizaga muhr u mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi.
Hujjat 2017 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024