Jamiyat | 19:03 / 28.03.2017
5436
2 daqiqa o‘qiladi

Floridada 1973 yildan beri birinchi marta puma bolalarini payqashdi

AQShning Florida shtatida 1973 yildan beri ilk bora Kalusaxatchi daryosi shimoliy qirg‘og‘ida florida pumasi (Amerika yovvoyi mushugi) bolalarini payqashdi, deb xabar berildi Florida baliq resurslari va yovvoyi tabiatni asrash bo‘yicha komissiyasi saytida. Ular qirg‘oqda o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Florida pumasi – pumalarning eng noyob turi bo‘lib, bunday hayvonlarning taxminan 200tasi mavjud. Jonivorlar Qizil kitobga “og‘ir holatda” degan maqom bilan kiritilgan. Hozirgacha bolalar va urg‘ochi pumalarni Kalusaxatchining faqatgina janubiy qirg‘og‘ida ko‘rishgan bo‘lsa, shimolda erkak pumalar yashagan hamda tadqiqotchilar urg‘ochilar u yerga yetib bora olmaydi, degan taxminni bildirishgandi. Endilikda esa bolalari bo‘lgan pumalarni ham payqashdi.

2016 yilning noyabrida Floridadagi qo‘riqxona rahbariyati so‘nggi o‘n yilda ilk bora urg‘ochi puma daryoning bir qirg‘og‘idan boshqasiga o‘tib olgani haqida xabar bergandi. Yana qancha puma daryodan o‘tib olgani noma'lum, biroq ekspertlarning qayd etishiicha, tur tiklanishi muvaffaqiyatli ravishda yuz bermoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid