Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda uch oyoqli chaqaloq tug‘ildi
Hindistonning Jangaon shahrida yashovchi Srilata Kanchanapalli ismli 25 yoshli ayol uch oyoqli qizchani dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Noodatiy chaqaloq "parazit egizak" deb ataluvchi kamyob hodisa tufayli tug‘ilgan. Bola jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi hamda u yashab ketishi aytilmoqda.
«Parazit egizak» biologik fenomeni yuz mingta tug‘uruq holati ichida atigi bir marotaba uchraydi. Ushbu vaziyatda egizaklardan biri ona qornida o‘zining kuchsizroq akasi yoki ukasini "yutib yuboradi". Shu tariqa, parazit o‘z "qurboni" bilan to‘liq yoki qisman qo‘shilib ketadi.
Chaqaloqning ortiqcha oyog‘ini olib tashlash bo‘yicha amaliyotni o‘tkazish uchun uni ancha yirikroq sanaluvchi Haydabaradon shahridagi kasalxonaga olib borishdi. Murakkab jarayon uch soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakun topgan.
Mavzuga oid
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
12:16 / 25.12.2025